Bekxem Ronaldu faoliyatini yakunlaganidan keyin kim bo'lishini taxmin qildi

Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem portugaliyalik Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlagach, nima bilan shug'ullanishi haqida fikr bildirdi.
"Murabbiy sifatida Ronalduni ko'rmayapman. Menimcha, u futbol klubi xo'jayini bo'lishni xohlaydi. Krishtianu uchun murabbiylikdan ham muhimroq narsalar bor. Bu dunyoni zabt etmoqchi bo'lgan odam," - deya angliyalikning so'zlarini keltiradi Tribal Football.
Ronaldu hozirda Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi a'zosi hisoblanadi. 40 yoshli hujumchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.