Bekxem Mbappega taklif bilan chiqdi

Frantsiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi yulduzli hujumchisi Kilian Mbappe o'z faoliyatini MLS’da (AQSh futbol ligasi) davom ettirish taklifi bo'lganini aytib o'tdi.
«AQShda madaniyat biznikidan farq qiladi. U erda sizning ambitsiyalaringiz uchun chegara yo'q. Devid Bekxem menga MLS’ga ketishni taklif qildi. Kelajakda bu sodir bo'lishini istisno etmayman», — deya hujumchining so'zlarini keltiradi RMC Sport.
2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichidagi so'nggi o'yinda Frantsiya terma jamoasi Senegal terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi. O'tgan uchrashuvda Mbappe ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar