"Inter Mayami" xo'jayini Devid Bekxem MLS kubogi finalida g'alaba qozonganidan so'ng intervyu berdi.

"Qo'tonlar" hal qiluvchi bahsda "Vankuver Uaytkeps"ni mag'lub etdi (3:1). Lionel Messi bu safar gol ura olmadi, biroq ikki marta sheriklariga assistentlik qildi.

"Mana nima uchun ham Messini "Inter Mayami"ga olib keldim. Ikki yil ichida u klubni muvaffaqiyatsiz klubdan muvaffaqiyatli klubga aylantirdi. Men juda baxtliman. Hammamiz baxtiyormiz. Bizda chaqiriq bor edi - va biz buni uddaladik," - dedi Bekxem finaldan so'ng bergan intervyusida.

Lionel Messi 2023 yilning yozida "Inter Mayami"ga o'tgandi.