Bektemir Abdumannonov «Andijon» bilan xayrlashdi

"Andijon" qanot vingeri Bektemir Abdumannonov Instagram sahifasida klub bilan xayrlashdi.
«Hammasi uchun rahmat. Ayrim sabablarga ko'ra jamoadan ketyapman. Xudo xohlasa bundan ham kuchliroq bo'lib qaytaman. Xayrlashmayman, ko'rishguncha deb qolaman», - deb yozgan 23 yoshli futbolchi.
Xabarlarga ko'ra, Abdumannonov faoliyatini "Dinamo"da davom ettirishi kutilmoqda.