Sheraldo Bekker "Real Sosedad"dan "Osasuna"ga o'tdi.

30 yoshli hujumchi "Osasuna" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi, uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Ma'lum qilinishicha, "Osasuna" "Sosedad"ga futbolchining o'yin ko'rsatkichlariga qarab ma'lum miqdorda to'lov amalga oshiradi.

Shuningdek, shartnomada Sheraldo Bekker uchun 10 million evrolik tovon puli ham belgilangan.

O'tgan mavsumda Bekker La Ligada "Real Sosedad" uchun 22 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma bajargan.