Bekker "Arsenal" va "Bavariya"ni Evropaning eng yaxshi jamoalari deb atadi

"Katta dubulg'a" turnirlarining olti karra g'olibi, jahonning sobiq birinchi raketkasi, germaniyalik tennischi Boris Bekker "Arsenal" va "Bavariya"ni Evropaning eng kuchli jamoalari deb hisoblaydi. Chempionlar ligasi umumiy bosqich 5-turidan o'rin olgan o'yinda londonliklar myunxenliklarni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
"Menga har ikki jamoa o'ynaydigan futbol yoqadi! Menimcha, hozir bu Evropadagi eng yaxshi ikki jamoa," - deb yozdi Bekker ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida.
Ayni paytda "Arsenal" 15 ochko bilan EChL turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi. Jamoa eng yaqin ta'qibchilari - "PSJ", "Bavariya", "Inter" va "Real"dan uch ochko oldinda.