BeIN Sports jurnalisti Ahmet Po'lat Joze Mourinoning Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati haqida gapirdi.

"Mourino Turkiyada juda ko'p tanqid qilindi. Va u hech qachon o'zining avvalgi shaxsiga qaytmadi. "Fenerbaxche" muxlislari u o'zini shunchaki keksa va g'amgin qilib ko'rsatyapti deb "ylashdi", - deydi Po'lat.

62 yoshli portugaliyalik murabbiy "Fenerbaxche" jamoasi Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmaganidan so'ng bosh murabbiylikdan bo'shatildi. Keyinroq Mourino Rossiya Premer-ligasida ishlashga tayyor ekanligi ma'lum bo'ldi.