BBC talqini: APL-2025/26 mavsumining ramziy terma jamoasi e'lon qilindi

Britaniyaning «BBC» teleradiokompaniyasi 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra Angliya Premer-ligasining ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatdan 22 yillik tanaffusdan so'ng Angliya chempioniga aylangan «Arsenal»ning 5 nafar futbolchisi o'rin oldi.
BBC talqiniga ko'ra APL-2025/26 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: David Rayya («Arsenal»)
Himoyachilar: Niko O'Rayli («Manchester Siti»), Gabriel Magalyayns («Arsenal»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Yurrien Timber («Arsenal»)
Yarim himoyachilar: Elliot Anderson («Nottingem Forest»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Deklan Rays («Arsenal»)
Hujumchilar: Antuan Semeno («Manchester Siti»), Erling Xoland («Manchester Siti»), Igor Tiagu («Brentford»)
Mavsum yakunlariga ko'ra, «Arsenal» 85 ochko jamg'arib, musobaqa g'olibi bo'ldi. Ikkinchi o'rinni 78 ochko bilan «Manchester Siti», uchinchi o'rinni esa 71 ochko bilan «Manchester Yunayted» egalladi.
Angliya Premer-ligasining yangi — 35-mavsumi 22 avgust kuni start oladi.