"Bayer"ning argentinalik yarim himoyachisi Esekel Palasios uzoq muddatga safdan chiqdi.

Leverkuzen klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, futbolchi o'ng oyoq mushak paylarini shikastlagan.

Jarohat Bundesliganing 3-turidan o'rin olgan "Ayntraxt"ga (3:1) qarshi o'yin boshida olingan. Yaqin kunlarda futbolchi operatsiya qilinadi, tiklanishi esa bir necha oy davom etadi.

Taxminlarga ko'ra, Palasios maydonga faqat 2026 yil boshida qaytishi mumkin.