"Bayer"ning Iraola bilan muzokaralari yakuniy bosqichda (Kicker)

"Bayer"ning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola bo'lishi mumkin.
Kicker nashrining xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis bilan muzokaralar yakuniy pallaga kirgan, biroq hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan. Leverkuzenliklar 43 yoshli murabbiy uchun bo'layotgan kurashda "Milan" va "Kristal Pelas"ni ortda qoldirishi mumkin.
Avvalroq Bild nashri "Bayer" Oliver Glasner bilan muzokara olib borayotgani haqida yozgan edi.