Leverkuzenning "Bayer" klubi yangi Bundesligadagi muvaffaqiyatsiz startidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan xayrlashmaydi.

Insayder Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, nemis top-klubi rahbariyati niderlandiyalik mutaxassis bilan yaqin vaqt ichida mehnat shartnomasini bekor qilmaslikka qaror qilgan.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilda yakuniga etadi.