"Bayer" hujumchisi Italiya klubida tibbiy ko'rikdan so'ng Germaniyaga qaytadi

Ilgari ma'lum bo'lganidek, Leverkuzenning "Bayer" klubi markaziy hujumchisi Viktor Bonifase "Milan"da tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Italiyaga yo'l olgandi.
Fabritsio Romanoning so'nggi xabariga ko'ra, futbolchining o'tishiga hali ham ruxsat berilmagan - hujumchi Milanda 48 soat o'tkazgach, tibbiy tekshiruvlari natijasi bo'yicha qaror kutib, Germaniyaga qaytadi.
O'tgan mavsumda Bonifase "Bayer" safida 27 ta o'yinda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma bajardi.