"Bayer"ga 30 million evro o'z futbolchisini sotgan "Al-Qodisiya" Bundesligadan 7 million evro evaziga boshqa futbolchini xarid qilmoqda

Yulian Vaygl Myonxengladbaxning "Borussiya" klubidan 7 million evro evaziga "Al-Qodisiya"ga o'tadi.
Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
29 yoshli yarim himoyachi 2+1 ko'rinishida shartnoma imzolaydi, uning maoshi uch yil davomida 21 million evroni tashkil qiladi.
O'tgan mavsumda Vaygl Bundesliganing 33 o'yinida 2 golga assistentlik qilgan.