"Bayer" futbolchisi "Bavariya"ga qarshi bahsdan diskvalifikatsiya qilindi

"Bayer Leverkuzen" yarim himoyachisi Aleks Grimaldo keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi. Ispaniya terma jamoasi a'zosi Bundesliganing so'nggi bahsida, "Freyburg"ga qarshi sariq kartochka bilan jazolangan edi.
Bu futbolchining mavsumdagi 5 sariq kartochkasi sanaladi. Shu sababli, u "Bavariya"ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Grimaldo bu haqida shunday deydi:
"Men referining qarorini tushuna olmay, jig'ibiyron bo'ldim. Menga sariq kartochka nohaq ko'rsatildi. Shu sabab men endi jamoani "Bavariya"ga qarshi maydon chetidan qo'llab-quvvatlashga majbur bo'laman".
Manba: newsnow.co.uk