"Bayer"ning chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldo yozda jamoadan ketish haqida o'ylaganini tan oldi.

"Men o'tgan yozda ketish haqida o'ylagandim, ammo oxir-oqibat o'zimga: qolaman, dedim. "Bayer"da o'zimni sevimli muxlislarim va klubimdek his qilyapman. Bu erda yana bir mavsum bo'lsa ham foydam tegadi, deb o'yladim. Shunday ekan, mavsumdan zavqlanib, bor kuchim bilan harakat qilaman," - deya Grimaldoning so'zlarini keltiradi Sky Germany telekanali.

2025/2026 yilgi mavsumda Alexandro Grimaldo oltita o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Nufuzli "Transfermarkt" portali 30 yoshli Grimaldoni 30 million evroga baholamoqda.