"Bayer" bu transferni Ten Xagsiz amalga oshirmoqchi bo'ldi

"Bayer"ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoani tanlashda ishtirok etmadi.
Niderlandiyalik mutaxassis “Real”dan himoyachi Lukas Vaskesni sotib olish haqida umuman hech narsa bilmas edi.
U uni birinchi marta klub joylashgan bazada ko'rdi. Klub rahbariyati “aspirinlar”ning sobiq ustozi, hozirda “Real”da faoliyat yuritayotgan Xabi Alonso bilan maslahatlashgani ma'lum, deb yozadi Sport Bild.