"Bavariya" yulduzi: "Real"ni mag'lub etish vaqti keldi"

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Yozua Kimmix "Real"ga qarshi EChL 1/4 final o'yinlari haqida gapirdi.
"Biz "Real Madrid" bilan bir necha bor o'ynaganmiz va har doim mag'lub bo'lganmiz.
Biz ko'pincha yomonroq jamoa emas edik, shunchaki omadsiz edik. Endi "Real Madrid"ni mag'lubiyatga uchratish vaqti keldi deb o'ylayman!", - dedi Kimmix.
Ma'lumot o'rnida, "Real" va "Bavariya" o'rtasidagi o'yinlar 7 va 15 mart sanalarida bo'lib o'tadi.