"Bavariya" yulduzi "Liverpul" qiziqishlari doirasida

Myunxenning «Bavariya» klubiga tegishli bo'lgan hujumkor yarim himoyachi Maykl Olise Angliya Premer-ligasining top-klublaridan biriga o'tishi mumkin. Bu haqda Indykaila News nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, 24 yoshli frantsiyalik vingerning xizmatlariga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar Oliseni yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin bo'lgan misrlik Muhammad Salohning o'rniga nomzod sifatida ko'rib chiqishmoqda.
Maykl nemis grandi safiga 2024 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. Vingerning «Bavariya» bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari frantsiyalik futbolchining bozor qiymatini 140 million evroga baholamoqdalar.