"Bavariya" yulduzi jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Serj Gnabri klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Vaziyat juda sokin. Biz gaplashyapmiz. Ko'ramiz, bundan nima chiqarkin. Hozircha hammasi yaxshi ketmoqda, hammaning ko'ngli to'q," - deya Gnabri so'zlarini keltiradi jurnalist Florian Plettenberg.
Manbaga ishonadigan bo'lsak, "Bavariya" 30 yoshli futbolchiga 2028 yilgacha mo'ljallangan, ammo maoshi kamaytirilgan shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.