Myunxenning "Bavariya" klubi qanot himoyachisi Sasha Boening qishki transferlar oynasida jamoani tark etishi ehtimoli yuqori. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, so'nggi paytlarda bir qator klublar "Bavariya"ning 25 yoshli frantsuz futbolchisi transferiga faol qiziqish bildira boshlagan. Xususan, Boeni "Kristal Pelas" o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 14 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta samarali uzatma muallifiga aylandi.

Boening "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 18 mln evroga baholamoqda.