«Bavariya» yana Virtsga qiziqib qoldi

«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virts «Bavariya»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Germaniya OAVlari xabar bermoqda.
Bir necha hafta oldin Myunxen klubi vakillari Virtsning agenti hisoblangan otasi bilan bog'lanib, futbolchining ehtimoliy transferiga qiziqish bildirishgan. Biroq Virtsning otasi o'g'li faoliyatining katta qismini «Liverpul»da o'tkazish niyatida ekanligini va boshqa jamoaga o'tish haqida o'ylamayotganini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning yozida «Bavariya» Virtsni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgan edi. Ammo o'shanda yarim himoyachi «Liverpul» variantini tanlagan.