«Bavariya» Xaynkes davridagi buyuk rekordni takrorlashi mumkin

«Bavariya» Bundesligada chempionlikni allaqachon naqd qilib qo'ygan, biroq yana bir noyob yutuqni qayd etishi mumkin.
Hozirda Vensan Kompani jamoasi hisobida 79 ochko bor va oldinda yana to'rtta tur kutmoqda. Bayern & Germany nashrining qayd etishicha, agar myunxenliklar qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonsa, ochko jamg'arish bo'yicha Bundesliga rekordini (91 ochko) takrorlaydilar. Amaldagi rekord ham aynan «Bavariya»ga tegishli bo'lib, u 2012/13 yilgi mavsumda Yupp Xaynkes boshchiligida o'rnatilgan edi. Eslatib o'tamiz, o'shanda jamoa barcha sovrinlarni, jumladan, Chempionlar ligasini ham qo'lga kiritgan edi — joriy mavsumda ham bunday natijani takrorlash imkoniyati mavjud.
Bugun Myunxen grandi safarda «Maynts» bilan kuch sinashadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi.