"Bavariya" va Laymer yangi shartnomani muhokama qilmoqda

Konrad Laymer maoshining qariyb ikki baravar oshirilishi bo'yicha kelishuvga erishmoqchi.
«Get German Football News» nashrining «Bild»ning «Bayern Insider» podkastiga tayanib xabar berishicha, yarim himoyachining «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralari qiyin kechmoqda.
Avstriya terma jamoasi a'zosi yiliga 15 million evro maosh olishni kutmoqda. Hozirda unga 8 million evro to'lanadi.
Ta'kidlanishicha, yaqin kelajakda tomonlarning muzokaralarda siljishga erishishi amrimahol, biroq hali vaqt bor: amaldagi shartnoma 2027 yilgacha mo'ljallangan.
Ushbu mavsumda Laymer Bundesligada 17 ta o'yin o'tkazib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.