"Hoffenhaym" hujumchisi Fisnik Asllani Bundesliga grandlari uchun qiziq.

23 yoshli futbolchi "Bavariya" va "Borussiya" Dortmundning transfer qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deb xabar bermoqda jurnalist Kristian Falk. Kelayotgan yozda forvard 30 mln evro evaziga sotib olinishi mumkin.

Asllani uchun da'vogarlar orasida "Barselona" ham bor edi. Joriy mavsumda "Hoffenhaym" etakchisi 13 ta o'yinda 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt saytidagi futbolchining taxminiy narxi - 18 mln evro.