«Bavariya» va APL klublari «Komo» yarim himoyachisini nishonga oldi

Italiyaning «Komo» klubi xavbeki Martin Baturina bir nechta Evropa top-klublarining qiziqishlar doirasida turibdi. Bu haqda jurnalist Janluka di Martsio ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, futbolchiga da'vogarlar orasida Angliya Premer-ligasi vakillari va Myunxenning «Bavariya» klubi bor. APLning nomi oshkor etilmagan ikki klubi Baturinaning transferi uchun 50-55 million evro ajratishga tayyor. «Bavariya»ning bu masala bo'yicha pozitsiyasi esa hozircha noma'lum.
23 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi o'tgan yilning yozida Zagrebning «Dinamo»sidan ko'chib o'tib, «Komo» safini to'ldirgan edi. Uning italiyaliklar bilan shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan bo'lib, bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi.