"Bavariya" markaziy himoyachi Dayo Upamekano bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Myunxen grandi rahbariyati hamon frantsuz bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti, amaldagi kelishuv esa joriy mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi. Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, "Bavariya" "Borussiya Dortmund"dan Niko Shlotterbek bilan bir qatorda Upamekano o'rniga Mark Gexi ("Kristal Pelas") variantlaridan birini afzal ko'rmoqda.

Gexi 2026 yilning iyulida erkin agentga aylanadi va uning uchun "Liverpul" va Madridning "Real" klublari kurash olib boradi. Shlotterbekka esa o'sha "Liverpul" da'vogar ekani aytilmoqda.