«Bavariya» UEFA klublar reytingida birinchi o'ringa ko'tarildi.

Reytingning bugungi yangilanishidan so'ng Myunxen klubi «Real»ni ortda qoldirib, peshqadamga aylandi. Bu «Bavariya»ning Chempionlar ligasi 1/4 finalida Madrid klubi ustidan qozongan g'alabasidan (2:1, 4:3) so'ng yuz berdi.

Qayd etish lozimki, «Bavariya» ham so'nggi besh yillik evrokuboklardagi natijalarni hisobga oluvchi an'anaviy UEFA reytingida, ham 10 mavsumlik reytingda peshqadamlik qilmoqda.

So'nggi 5 mavsum uchun UEFA klublar reytingining Top-10 taligi:

  1. «Bavariya» – 146,500

  2. «Real» – 144,500

  3. «Liverpul» – 130,000

  4. «Inter» – 127,000

  5. «PSJ» – 126,500

  6. «Manchester Siti» – 125,500

  7. «Arsenal» – 113,500

  8. «Barselona» – 113,250

  9. «Bayer» – 105,000

  10. «Atletiko» – 103,750