«Beshiktosh» «Bavariya»ga Aleksandr Nyubel uchun 5+5 million evro taklif qildi, deya xabar bermoqda Yag'iz Sabunchuo'g'lu.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, Turkiya klubi 29 yoshli golkiper bilan allaqachon kelishuvga erishgan.

May oyi oxirida myunxenliklar Nyubelga umid qilmayotgani va uni 10-15 million evroga sotib, maosh qaydnomasini engillashtirmoqchi ekanligi haqida ma'lumot paydo bo'lgandi. O'sha paytda futbolchiga «Manchester Siti» va «Yuventus» klublari qiziqish bildirayotgani ta'kidlangan edi.

Bundesliganing o'tgan mavsumida darvozabon 34 ta uchrashuv o'tkazib, 49 ta gol o'tkazib yubordi.

Manba: Stadion.uz