“Bavariya” sport direktori Kristof Froynd klubning sobiq yulduzi David Alaba qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Avstriyalik universal himoyachining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2025/26 yil mavsumi oxirigacha mo'ljallangan.

Froynd bu masalada ochiq-oydin fikr bildirdi:

“Hozircha hech qanday rejalar yo'q. Lekin Alaba "Bavariya"da o'tkazgan yillari davomida klubga beqiyos ta'sir ko'rsatgan. U a'lo inson va aqlli shaxs. Faoliyati tugagach ham futbolda yaxshi yo'ldan boradi. U hali bir necha yil o'ynashni va Avstriya terma jamoasi bilan jahon chempionatida ishtirok etishni xohlaydi,” — deya Froyndning so'zlarini Sky Sport keltiradi.

“Bavariya” hozirgi paytda Germaniya chempionatida etakchilik qilmoqda — jamoa “RB Leyptsig”ni 6 ochkoga ortda qoldirgan.