«Bavariya» sobiq futbolchisi: «Kompani tizimi katta tavakkalchilik bilan bog'liq»

Oliver Kan Myunxen jamoasining Vensan Kompani boshqaruvidagi ishtirokiga baho berdi. Germaniya klubi yaqinda yarim final bosqichida Frantsiyaning «PSJ» jamoasiga imkoniyatni boy berib (ikki o'yin natijasiga ko'ra 5:6), Chempionlar Ligasini tark etdi.
«So'nggi haftalarda biz Kompani tizimi katta tavakkalchilik bilan bog'liq ekanini ko'rdik. Ushbu tizim kichik bo'lsa-da nazoratni yo'qotsa, uning qanchalik zaif ekanligi darhol ko'zga tashlanadi. «PSJ»ga qarshi o'yinda aynan shunday holat yuz berdi», — deya Kanning so'zlarini keltiradi Sky Sport.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik mutaxassis «Bavariya»ni 2024 yilning iyul oyida boshqarishni boshlagan edi. Uning qo'l ostida myunxenliklar ikki bor Germaniya chempionligini qo'lga kiritishdi.