Myunxenning «Bavariya» klubi 2024/25 moliyaviy yilni tarixidagi eng yuqori natija bilan yakunladi.

Klubning konsolidirlangan yillik daromadi 978,3 million evroni tashkil etdi — bu o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 2,8% ko'proq bo'lib, myunxenliklar tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.

Operatsion foyda ham 11,3% ga o'sib, 187,8 million evroga etdi.

Soliq to'lashdan oldingi foyda 42,5 million evro, sof foyda esa 27,1 million evroni tashkil qildi.