«Bavariya» «Real»ga qarshi o'yinga dahshatli formada kelmoqda

«Bavariya» o'z mag'lubiyatsiz seriyasini 13 ta o'yinga etkazdi.
Vensan Kompani shogirdlari Bundesliganing 28-turi doirasida «Frayburg»ni (3:2) mag'lub etishdi.
Myunxenliklar oxirgi marta 24 yanvar kuni «Augsburg»ga (1:2) imkoniyatni boy berishgan edi. O'shandan beri jamoa 11 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etdi.
7 aprel kuni «Bavariya» Chempionlar Ligasi doirasida safarda «Real Madrid»ga qarshi bahs olib boradi.
