"Bavariya" "Real"ga o'tishni orzu qilayotgan futbolchisiga yuqorish maosh bermoqchi

"Bavariya" Lennart Karl bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Sky Sport xabariga ko'ra, yarim himoyachining Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha avtomatik ravishda uzaytirilgan - u 2026 yilning fevralida, futbolchi 18 yoshga to'lganida kuchga kiradi. Uning maoshi bir mavsum uchun 2 million evrogacha oshadi.
Biroq, "Bavariya" futbolchi bilan uzoqroq muddatga shartnoma imzolamoqchi va uning maoshini yiliga 5-8 mln evrogacha oshirmoqchi. Karlning o'zi yangi shartnomani imzolashga tayyor, ammo tomonlar o'rtasida hali muzokaralar yo'q.
Lennart joriy mavsum Bundesligada 13 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.