Myunxenning “Bavariya” klubi sport direktori Maks Eberl hujumchi Xarri Keynning kelajagi haqida ma'lumot berdi.

"Keyn bilan shartnomani uzaytirishimiz mumkin.

Biz u bilan keyingi qadamlarni xotirjam muhokama qilamiz. Xarri mutlaq etakchi va u bilan birga chempionlikni qo'lga kiritish ajoyib bo'lardi", - dedi Eberl.