«Bavariya» rahbari: «Real» Olisening hatto bitta oyog'ini ham sotib ololmaydi»

«Bavariya» klubi Madridning «Real» jamoasi vinger Maykl Olisega qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Taxminlarga ko'ra, «qaymoqranglilar» frantsuz uchun 150 million evro to'lashga tayyor. Myunxenliklar avvalroq o'z yulduzini bunday summaga sotmasliklarini ma'lum qilishgandi, endi esa klubning ismi oshkor etilmagan rahbarlaridan biri bu borada yanada keskin va dadil fikr bildirdi.
«U hatto 200 million evroga ham ketmaydi. Olise — bebaho; biz uni hatto 500 million evroga ham sotmaymiz. Ochig'ini aytsam, «Real» 150 million evroga uning hatto bitta oyog'ini sotib ololishiga ham ishonchim komil emas», — dedi myunxenliklar grandining anonim qolishni istagan vakili L'Equipe nashriga bergan intervyusida.
Yakunlangan mavsumda Maykl Olise «Bavariya» tarkibida barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.