«Bavariya» o'zining mag'lubiyatsiz seriyasini 11 ta o'yinga etkazib oldi.

Vensan Kompani jamoasi Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida «Atalanta»ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.

Myunxenliklar so'nggi bor 24 yanvar kuni «Augsburg»ga (1:2) imkoniyatni boy berishgan edi. O'shandan beri jamoa 9 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etdi. Ushbu o'yinlardagi umumiy to'plar nisbati 32:9 ni tashkil qilmoqda.

21 mart kuni «Bavariya» Bundesliga doirasida «Union» bilan kuch sinashadi.