"Bavariya" boshqaruv a'zosi Uli Xyoness hujumchi Nikolas Jeksonning transfer shartlarini oshkor qildi. Yozgi oyna yopilishidan oldin myunxenliklar Jeksonni "Chelsi"dan ma'lum shartlar asosida sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olishdi.

Miasanrot xabariga ko'ra, Xyoness yakshanba kuni tadbirga tashrif buyurib, Jeksonning ijarasi "Bavariya"ga 13,5 million evroga tushganini ma'lum qilgan. Yana 3 millionni Nikolas o'z cho'ntagidan to'lashga rozi bo'ldi.

Majburiy sotib olish optsiyasini faollashtirish ehtimoli yuqori emas, chunki buning uchun Jekson 40 ta o'yin o'tkazishi kerak.

"U hech qachon bunday qilmaydi", - deya hazillashdi Xyoness.

Bundesliganing o'tgan ikki turida "Bavariya" 6 ochko jamg'ardi.