Seshanba oqshomida «PSJ» Chempionlar ligasining ilk yarim finalida «Bavariya»ni qabul qiladi. Myunxen klubi matbuot xizmati Vensan Kompani ishonch bildirgan futbolchilar ro'yxatini taqdim etdi.

«Bavariya»ning qaydnomasi quyidagicha.

Darvozabonlar: Noyer, Ulrayx, Urbig.

Himoyachilar: Upamekano, Kim Min Chje, Ta, Devis, Ito, Stanishich.

Yarim himoyachilar: Kimmix, Goretska, Musiala, Olise, Laymer, Pavich, Pavlovich.

Hujumchilar: Keyn, Djekson, Dias, Ofli.

«PSJ» — «Bavariya» uchrashuvi 28 aprel kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da (seshanbadan chorshanbaga o'tar kechasi) boshlanadi.