"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner jamoa markaziy himoyachisi Dayo Upamekano bilan muzokaralar haqida gapirdi.

Frantsuzning Myunxen grandi bilan amaldagi kelishuvi kelasi yozda o'z nihoyasiga etadi. Ko'plab mish-mishlarga ko'ra, vaziyatni xorijning top-klublari faol kuzatib bormoqda.

"Biz Upamekanoning yangi shartnomasi bo'yicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Albatta, umid qilamanki, u bizda uzoq vaqt qoladi," - dedi Xayner.