«Bavariya» prezidenti Gerbert Xayner Maykl Olisening kelajagi haqidagi savolga javob berdi. Avvalroq OAV frantsuz futbolchisini «PSJ» va «Real»ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatgan edi. Biroq klub rahbari Olise Myunxenda qolishini tasdiqladi.

«Maykl Olise, shubhasiz, jamoada qoladi. Uning shartnomasi yana uch yil amal qiladi», — dedi Xayner.

Avvalroq «Bavariya» rahbariyati joriy yozgi transfer oynasida Oliseni faqat juda katta taklif tushgan taqdirdagina qo'yib yuborishini ma'lum qilgan edi. Shuningdek, «Real» bilan muzokaralarda myunxenliklar futbolchining transfer narxini 500 million evro etib belgilagani xabar qilingan.

Manba: Stadion.uz