«Bavariya» Oliseni «Real»ga o'tmaslikka ko'ndirish uchun unga ulkan maosh taklif qilmoqchi

«Bavariya» Madridning «Real» klubiga o'tishi bilan faol bog'lanayotgan Maykl Oliseni jamoada saqlab qolishga qat'iy bel bog'lagan.
Tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, 24 yoshli futbolchi joriy transfer oynasida «qirollik klubi»ga o'tishni istamoqda va bu haqda Frantsiya terma jamoasidagi sheriklariga ham aytgan. Shunga qaramay, «Bavariya» o'z yulduzini sotish niyatida emas. Bild ma'lumotiga ko'ra, myunxenliklar rahbariyati Olisega yiliga 25 million evrodan ortiq maosh to'lanadigan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu frantsiyalik futbolchini jamoadagi eng ko'p maosh oluvchi o'yinchilardan biriga aylantiradi.
Maykl Olisening Transfermarkt portalidagi taxminiy qiymati – 150 million evro.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar