«Bavariya» sport direktori Maks Eberl Myunxen jamoasi hujumchisi Maykl Olisega top-klublar tomonidan bo'layotgan qiziqishlar haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Maykl Olise — bizning daxlsiz futbolchimiz. Biz uni hech qachon sotmaymiz. Uni sotish haqida hatto bir soniya ham o'ylab ko'rmaymiz», — dedi Eberl ZDF telekanaliga bergan intervyusida.

Maykl Olise 2024 yilda 53 million evro evaziga «Kristal Pelas»dan «Bavariya»ga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi myunxenliklar safida barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 29 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Olisening bozor qiymatini 140 million evroga baholamoqda.