"Bavariya" bosh direktori Yan-Kristian Drizen klubda hujumchi Maykl Olisega bo'lgan qiziqishga qanday munosabat bildirilayotgani haqidagi savolga javob berdi.

Avvalroq, futbolchining muvaffaqiyatini Angliya Premer-ligasining birdaniga ikkita etakchi klubi kuzatib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Boshqa klublarning qiziqishiga kelsak, biz bunga xotirjam munosabatda bo'lamiz", - dedi funktsioner BILD’ga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda 23 yoshli Olise barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda to'qqizta uchrashuvda qatnashib, beshta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Frantsiyalik vingerning "Bavariya" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.