«Bavariya» Olise uchun «Real»dan qancha so'rashi ma'lum bo'ldi

Madridning «Real» klubi Jahon chempionati yakunlanganidan so'ng shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin. «Qaymoqranglilar» mish-mishlarga ko'ra, tez orada «Bavariya»ga o'zini Ispaniya poytaxtiga qo'yib yuborishni so'rab murojaat qilmoqchi bo'lgan Maykl Olisega da'vogarlik qilmoqda. Jurnalist Santi Aunaning ma'lumotiga ko'ra, Myunxen grandi frantsiyalik futbolchi uchun kamida 200 million evro talab qiladi. Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda jahon futbolidagi eng qimmat transfer Neymarning «Barselona»dan «PSJ»ga 222 million evro evaziga o'tishi hisoblanadi.
Transfermarkt portali Maykl Olisening qiymatini 150 million evroga baholamoqda. O'tgan mavsumda 24 yoshli futbolchi «Bavariya» safida 52 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar