"Bavariya" o'ziga yangi iqtidorli yarim himoyachi topdi

Belgiyaning "Anderlext" klubi xavbeki Natan de Kat Germaniya Bundesligasi grandiga ko'chib o'tish imkoniyatiga ega, deya xabar bermoqda Sky Sport.
Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, 17 yoshli futbolchiga Myunxenning "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining bozor narxi etti million evroga baholanmoqda. De Katning "Anderlext" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Belgiya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi 14 ta o'yinda ishtirok etdi. Natan bitta gol va bitta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.