«Bavariya» o'z futbolchisini sotish uchun uning narxini tushirdi

«Bavariya» yarim himoyachisi Joau Palinya shu yozning o'zidayoq «Sporting»ga qaytishi mumkin. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda. Lissabon klubi portugaliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, o'tgan mavsumda ijara huquqi asosida to'p surgan «Tottenxem» klubi ham xavbekka da'vogarlik qilmoqda. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, myunxenliklar futbolchi uchun so'ralayotgan summani 30 milliondan 25 million evrogacha kamaytirishga tayyor.
Palinyaning o'zi «Bavariya» murabbiylar shtabining rejalariga kirmaydi, vaholanki 2024 yilning yozida Germaniya klubi uning transferi uchun 51 million evro to'lagan edi.
Ta'kidlanishicha, 30 yoshli futbolchi o'z oilasiga yaqinroq bo'lishni istayotgani sababli «Sporting»ga qaytish variantiga ijobiy yondashmoqda.