"Bavariya" Noyerning xatosi sababli Bundesliga tarixidagi eng tezkor golni o'tkazib yubordi

Bunga darvozabon Manuel Noyerning xatosi sabab bo'ldi. Bahs Augsburgdagi "VVK-Arena" stadionida bo'lib o'tmoqda, bosh hakam - Sven Yablonski. Xabar yozilayotgan vaqtda hisob 1:0 "Augsburg" foydasiga.
O'yin boshida Noyer jamoadoshidan uzatmani qabul qilib oldi, ammo to'pni omadsiz bo'ysundirib, o'zidan uzoqlashtirib yubordi. To'pni tepib yuborishga uringan darvozabon raqib futbolchisiga tegdi. Shundan so'ng yarim himoyachi Robin Fellxauer bo'sh qolgan darvoza tomon chiqib bordi va gol urdi.
O'tgan turda "fuggerlar" "Verder"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishgandi. "Bavariya" esa "Union"ni 7:0 hisobida mag'lub etgan edi. Navbatdagi turda "Augsburg" "Elfersberg" bilan kuch sinashadi. O'yin 17 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Vensan Kompani shogirdlari esa 17 oktyabr kuni "RB Leyptsig" bilan kuch sinashadilar.
Kommentariyalar