"Bavariya" Noyerga zo'r o'rinbosar topdi

Myunxenning "Bavariya" klubi "Milan" darvozaboni Mayk Menyan xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, so'nggi vaqtlarda "Bavariya" 39 yoshli Manuel Noyerga o'rinbosar izlashni tezlashtirgan. Ta'kidlanishicha, nemis grandi "Milan" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayotgan 30 yoshli Menyanni taklif qilish variantini ko'rib chiqmoqda. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, "Bavariya" ro'yxatida boshqa nomzodlar ham bor, ammo hozircha Menyan etakchilar qatorida bormoqda.
Menyaning "Milan" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Transfermarkt ekspertlari frantsuzning narxini 25 million evroga baholamoqda.