«Bavariya»ning yozdagi asosiy transfer maqsadi belgilandi

«Bavariya» yozgi transfer oynasida hujum qanotlarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Myunxen grandi hamon Yan Diomandega qiziqish bildirmoqda, biroq «RB Leyptsig»ning vinger uchun so'rayotgan narxini haddan tashqari yuqori deb hisoblaydi. Shu sababli, Bayern & Germany nashrining xabar berishicha, Germaniyaning amaldagi chempionlari bor e'tiborni «Nyukasl» a'zosi Entoni Gordon nomzodiga qaratishgan — klub u uchun taxminan 60 million evro to'lashga tayyor. «Qarg'alar» futbolchi uchun 90 million evrodan ko'proq mablag' talab qilmoqda, ammo «Bavariya» rahbariyati narxni tushirishga erishishiga ishonchi komil.
Gordon joriy mavsumda o'tkazilgan 46 ta o'yinda o'z hisobiga 17 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. 25 yoshli ingliz futbolchisiga Premer-liganing boshqa grand klublari ham da'vogarlik qilmoqda.