"Bavariya"ning sobiq himoyachisi 11 yildan so'ng o'z klubiga qaytdi

O'ng qanot himoyachisi Buna Sarr "Mets" bilan joriy mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi. 34 yoshli senegallik futbolchi professional faoliyatini boshlagan klubiga qaytmoqda.
2015 yilda "Mets"ni tark etganidan so'ng, Sarr "Marsel" (2015-2020) va "Bavariya"da o'ynadi, u erda uch karra Germaniya chempioni bo'ldi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi. 2024 yilning yanvaridan buyon Buna klubsiz edi.
Senegal terma jamoasi tarkibida Sarr Afrika Kubogi-2021 g'olibiga aylandi.